35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Yosh iste’dodlar uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining "Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha" doimiy komissiyasi a’zolari tomonidan shahardagi 7-son Bolalar musiqa va san’at maktabida rasm chizish san’ati bilan shug‘ullanuvchi o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida komissiya a’zolari tasviriy san’at xonasida bo‘lib, yosh rassomlar bilan muloqot qildilar hamda ularning ijodiy ishlari bilan tanishdilar.

Shuningdek, bolalarga rasm chizish uchun yaratilgan sharoitlar, zarur jihozlar, o‘quv qurollari, sinf xonalarining holati hamda ta’lim jarayonining tashkil etilishi yuzasidan o‘rganish olib borildi.

Muloqot davomida o‘quvchilarning san’atga bo‘lgan qiziqishini yanada oshirish, ularning ijodiy salohiyatini rivojlantirish, ko‘rgazmalar va tanlovlarda faol ishtirok etishlarini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha taklif va tavsiyalar bildirildi.

Komissiya a’zolari bunday o‘rganishlar yosh iste’dodlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ta’lim sifati va mavjud shart-sharoitlarni yanada takomillashtirishga xizmat qilishini ta’kidladilar.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3