35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Viloyat va shahar Kengashi deputatlari Samarqand shahridagi Devoli Kundalang mahallasida bo‘ldilar

Viloyat va shahar Kengashi deputatlari Samarqand shahridagi Devoli Kundalang mahallasida bo‘ldilar

📍Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Feruza Xankeldiyeva hamda Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputati Gulbahor Rahmonova Devoli Kundalang mahalla fuqarolar yig‘inida bo‘lib, hududdagi mavjud muammolar, aholini qiynayotgan masalalar va amalga oshirilayotgan bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishdilar.

✔️O‘rganishlar davomida ichki yo‘llarning holati, ichimlik suvi, elektr energiyasi va tabiiy gaz ta’minoti, ko‘cha yoritish tizimi, obodonlashtirish hamda sanitariya ishlari, aholi bandligini ta’minlash bilan bog‘liq masalalar joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirildi.

🤝 Mahalla faollari, nuroniylar, xotin-qizlar va yoshlar bilan o‘tkazilgan ochiq muloqot chog‘ida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat va takliflar tinglanib, ularni hal etish yuzasidan mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda amaliy choralar belgilandi.

♾ Shuningdek, hududda olib borilayotgan qurilish va obodonlashtirish ishlari, ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish hamda aholi turmush farovonligini oshirishga qaratilgan loyihalarning ijrosi ham muhokama qilindi.

⚡️Aniqlangan muammolar va fuqarolar murojaatlari deputatlik nazoratiga olinib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralar ko‘rilishi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3