35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosining ta’minlanishi, bitiruvchilarning oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining 2 yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi masalalari yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari davom etmoqda.
Mazkur yo‘nalishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati M.Altibayeva tomonidan Buyuk Turon MFY hududida joylashgan 38-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkilotida o‘rganish ishlari olib borildi.
O‘rganish davomida bog‘chada tarbiyalanayotgan 100 nafar bolaning ta’lim-tarbiyasi uchun yaratilgan shart-sharoitlar, obodonlashtirish ishlari hamda binoning umumiy holati ko‘zdan kechirildi.
Bog‘cha hududida obodonlashtirish ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yilgani, shuningdek, binoning 2-qavatidagi eshiklar yangilangani ijobiy baholandi.
Shu bilan birga, o‘rganish davomida binoning ayrim qismlarida ta’mirlash ishlariga ehtiyoj mavjudligi, xususan, 2-qavatda suvoq va bo‘yoq ishlari yakunlanmagani aniqlandi. Mazkur masalalar bo‘yicha amaliy yordam ko‘rsatish zarurligi qayd etildi.
Aniqlangan kamchiliklar va takliflar umumlashtirilib, tegishli tashkilotlarga taqdim etish hamda muammoni bartaraf etish bo‘yicha choralar ko‘rish deputatlik nazoratiga olindi.

Slide 1 of 4