35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
ELEKTR TA'MINOTI BARQARORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #Sessiya_oldi_organish #haftalik_ish_reja_ijrosi

ELEKTR TA'MINOTI BARQARORLIGI – DEPUTATLIK NAZORATIDA

🗂 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik masalalarini joylarda o‘rganish bo‘yicha, Oliy Majlis Senati tomonidan berilgan tavsiyalar ijrosi doirasida Shaftolizor mahallasida elektr ta'minoti infratuzilmasi holati o‘rganildi.

💼 Mazkur o'rganishda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati mudiri Anvar Usmanov, bosh mutaxassis Umidbek Abilov hamda tegishli mas'ullar ishtirok etishdi.

⚡ O‘rganish davomida hududdagi 2437 va 6329-sonli transformator punktlari (TP)ning texnik holati, kuz-qish mavsumida uzluksiz elektr ta'minotini ta'minlash darajasi hamda mavjud uskunalarning sozligi mas'ul mutaxassislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

💬 Shuningdek, transformator punktlarining mavsumiy yuklamaga tayyorgarligi, profilaktik ishlarning borishi va mavjud kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullar bilan atroflicha muhokama o‘tkazildi.

📁 O‘rganish yakunida aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish hamda elektr ta'minoti barqarorligini ta'minlash bo‘yicha tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi. Mazkur masala deputatlik nazoratida davom ettiriladi.

Slide 1 of 5