35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi kotibiyati faoliyatidan

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan “Toza hudud” davlat unitar korxonasining tumanda sanitariya-epidemiologik holatni yaxshilash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish hamda debitor qarzdorliklarni undirish bo‘yicha amalga oshirayotgan ishlari yuzasidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.
Mazkur yo‘nalish doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati A.Turdiqulov Baxshiboyi mahallasida bo‘lib, hududdagi sanitariya holati va chiqindilarni boshqarish tizimini o‘rgandi.
O‘rganish davomida mahallada mavjud 11 ta ko‘cha holati bilan tanishilib, Marg‘iyona ko‘chasi (8-ko‘cha) ko‘chaboshisi O.Muradov hamda ko‘cha nuroniysi X.Shonazarov bilan uchrashuv o‘tkazildi.
Suhbat davomida mahallada maishiy chiqindilarni yig‘ish va olib chiqib ketish, hudud tozaligini ta’minlash, sanitariya holatini yaxshilash hamda aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifati yuzasidan fikr va takliflar tinglandi.
Aniqlangan masalalar umumlashtirilib, “Toza hudud” DUK rahbarining sessiyadagi hisoboti muhokamasida ko‘rib chiqish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli takliflar kiritish uchun foydalaniladi.

Slide 1 of 1