35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Sessiya kun tartibidagi masalalar joyiga chiqib o‘rganilmoqda

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasi kun tartibiga kiritilgan tumanda yoshlarga oid davlat siyosatining amalga oshirilishi, xususan “Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida”gi Qonun ijrosi, umumta’lim maktablari bitiruvchilarining oliy ta’lim muassasalariga kirish ko‘rsatkichlarining so‘nggi ikki yillik tahlili hamda ijtimoiy soha obyektlarini kuz-qish mavsumiga tayyorlash masalalari yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda.

🔎 Mazkur o‘rganishlar doirasida Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati J.Ochilov 23-son umumta’lim maktabida bo‘lib, ta’lim muassasasining kuz-qish mavsumiga tayyorgarligi bilan bir qatorda maktab hududida maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish, sanitariya holatini saqlash hamda obodonlashtirish ishlari holatini ham o‘rgandi.

♻️ O‘rganish davomida chiqindilarni belgilangan tartibda olib chiqish, hududni doimo ozoda saqlash va sanitariya talablariga qat’iy rioya etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

✅ Sessiya kun tartibiga kiritilgan masalalar yuzasidan joylardagi haqiqiy holatni o‘rganish deputatlik nazoratining muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli choralar ko‘riladi.

Slide 1 of 2