35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
#deputato'rganishi

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, mahallalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni barpo etish va fuqarolar murojaatlari bilan manzilli ishlash doimiy e’tiborda.
Shu munosabat bilan, Xalq deputatlari Olmaliq shahar Kengashi Kotibiyati mudiri Sevar Qodirova hamda bosh mutaxassis Mukarram Nematullayeva tomonidan "Chambil" mahallasida ijtimoiy xodim faoliyati batafsil o‘rganildi.

🔍 O‘rganish jarayonida:
Ijtimoiy muhit barqarorligi: Mahalla hududidagi oilalar ahvoli, ijtimoiy ko‘makka muhtoj fuqarolar ro‘yxati va ularga ko‘rsatilayotgan yordam samaradorligi ko‘rib chiqildi.
Manzilli yondashuv: Ijtimoiy xodim tomonidan fuqarolar muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Muloqot va ochiqlik: Aholi bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish, ularning taklif va e’tirozlariga tezkor munosabat bildirish tizimi baholandi.
"Mahallada har bir fuqaroning kayfiyati, ehtiyoji va muammosi e’tibordan chetda qolmasligi kerak. Ijtimoiy xodim faoliyati shunchaki hisobot uchun emas, balki insonlar turmush tarzini yaxshilashga xizmat qilishi zarur."
Amaliy o‘rganish yakunida mahalla ijtimoiy xodimiga faoliyat samaradorligini yanada oshirish, aholi bilan ishlashda zamonaviy va manzilli usullardan foydalanish bo‘yicha tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 2