35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Deputat aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi

 Deputat aholi murojaatlarini joyiga chiqib o‘rgandi

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashi deputati D. Jabborova navbatdagi sessiya kun tartibiga kiritilgan Pastdarg‘om tumani Soliq inspeksiyasi hisobotini ko‘rib chiqish arafasida fuqarolarning soliq tizimiga oid murojaatlari yuzasidan o‘rganish olib bordi.

O‘rganish jarayonida Xonchorvoq MFY Qayrog‘och qishlog‘i Vatanparvar ko‘chasi 24-uyda istiqomat qiluvchi hamda shu ko'chani ko'chaboshisi bo'lgan fuqaro Haqberdiyev Nurmat bilan uchrashilib, ularning soliq masalalari bo‘yicha murojaatlari tinglandi.

Muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va e’tirozlar o‘rganilib, mavjud masalalarni qonunchilik doirasida hal etish, tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda ko‘rib chiqish bo‘yicha zarur choralar belgilandi.

🤝 Deputatlarning aholi bilan bevosita uchrashuvlari fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida o‘rganish va muammolarga amaliy yechim topishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 2