35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Mustaqillik — milliy g‘urur va birlik timsoli!

Xalq deputatlari Bekobod tumani Kengashiga Oʻzbekiston "Adolat" sotsial-demokratik partiyasidan saylangan deputat S.Shokirova Bekobod tumanining Bunyodkor mahallasida "Mustaqillik toʻyi" festivali doirasida tashkil etilgan ma'naviy-ma'rifiy tadbirda ishtirok etdi.

Tadbirda Respublika Ma'naviyat va ma'rifat markazining Bekobod tumani bo‘linmasi rahbari N. Jalilov soʻzga chiqib, yurtimiz mustaqilligining beqiyos tarixiy ahamiyati, milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash, ularni kelajak avlodga yetkazish hamda yoshlarni Vatanga sadoqat va yuksak ma'naviyat ruhida tarbiyalash masalalari yuzasidan mazmunli ma'ruza qildi.

Bunday ma'naviy-ma'rifiy tadbirlar xalqimizni ezgu qadriyatlar atrofida birlashtirish, mustaqillik ne'matini qadrlash va yoshlar qalbida vatanparvarlik tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.

✨ Mustaqillik — eng ulugʻ ne'mat, uni qadrlash barchamizning burchimiz!

Slide 1 of 5