35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Obod mahalla – farovon hayot sari yana bir muhim qadam

Mazkur bunyodkorlik ishlari bilan yaqindan tanishish maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Nigora Lutfullayeva Qumqo‘rg‘on tumanidagi "Munchoqtepa" mahallasiga tashrif buyurdi.
Tashrif davomida deputatga Xalq deputatlari Qumqo‘rg‘on tuman Kengashi kotibiyati mudiri Sh.Abdusamatov hamda tuman Oila va xotin-qizlar bo‘limi boshlig‘i N.Begiboyeva hamrohlik qildi. Ular mahallada amalga oshirilayotgan obodonlashtirish, ichki yo‘llar, ariqlar va jamoat joylarini tartibga keltirish, hududning estetik qiyofasini yanada yaxshilash borasida olib borilayotgan amaliy ishlar bilan yaqindan tanishdilar.
Shuningdek, mahalla aholisining xonadonlariga tashrif buyurilib, fuqarolar bilan samimiy muloqot o‘tkazildi. Suhbatlar davomida aholining fikr va takliflari tinglanib, hududlarda olib borilayotgan bunyodkorlik ishlari, mahalla infratuzilmasini yanada rivojlantirish hamda aholi farovonligini oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.
Bunday tashriflar mahallalarda amalga oshirilayotgan islohotlar samaradorligini joylarda o‘rganish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish hamda obod va fayzli mahallalarni barpo etish yo‘lidagi ezgu sa'y-harakatlarni yanada jadallashtirishga xizmat qilaqdi.

Slide 1 of 5