35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar elektr ta’minoti korxonasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan “Degrezlik” mahalla fuqarolar yig‘ini hududidagi ichki ko‘chalar, xususan Abdurahmon Jomiy va unga tutash ko‘chalardagi eskirgan yog‘och elektr ustunlarini yangilash masalasi vakolatli mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Javobga ko‘ra, hududdagi foydalanish uchun yaroqsiz holga kelgan yog‘och tayanchlarni temir-beton tayanchlarga almashtirish hamda elektr uzatish tarmoqlarini modernizatsiya qilish ishlari O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining tegishli qarorlari bilan tasdiqlanadigan davlat manzilli hamda yillik investitsiya dasturlari doirasida, moliyalashtirish manbalari ajratilishiga qarab bosqichma-bosqich amalga oshirilishi ma’lum qilingan.

Mazkur javob deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala vakolatli tashkilot tomonidan ko‘rib chiqilganini hamda hudud elektr ta’minoti infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha zarur ishlar belgilangan tartibda amalga oshirilishini tasdiqlaydi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi