35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘roviga Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Rasmiy javobda qayd etilishicha, deputat so‘rovida ko‘tarilgan “Chorchinor” mahalla fuqarolar yig‘inida yashovchi fuqaro F.Miraxmedovaning onkologik kasalligini davolash uchun bepul kimyoterapiya olish masalasi vakolatli mutaxassislar tomonidan ko‘rib chiqilgan.

Ma’lum qilinishicha, fuqaro Qo‘qon filiali shifokorlari tomonidan ko‘rikdan o‘tkazilib, zarur tibbiy tekshiruvlar va konsilium xulosalari asosida davolanish rejasi belgilangan. Shuningdek, bemorga bepul kimyoterapiya muolajalari tashkil etilib, davolash jarayonida zarur dori vositalari hamda qo‘llab-quvvatlovchi tibbiy muolajalar ko‘rsatilgani bildirildi.

Mazkur javob deputatlik so‘rovida ko‘tarilgan masala vakolatli tashkilot tomonidan amaliy ko‘rib chiqilganini hamda fuqaroning sog‘lig‘ini tiklash maqsadida zarur tibbiy yordam va davolash ishlari belgilangan tartibda tashkil etilganini tasdiqlaydi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi