35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Deputatlik so‘roviga rasmiy javob taqdim etildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati Yu.To‘ychiyev tomonidan yuborilgan deputatlik so‘rovi yuzasidan Davlat kadastrlari palatasi Qo‘qon shahar filiali tomonidan belgilangan tartibda rasmiy javob taqdim etildi.

Taqdim etilgan javobda Qo‘qon shahridagi ayrim mahalla fuqarolar yig‘inlari chegaralarini belgilash va ularni takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berildi.

Xususan:
Farg‘ona viloyati Kengashining tegishli qarorlari asosida mahallalar chegaralarini belgilash va o‘zgartirish ishlari olib borilayotgani;
mazkur qarorlarni amaliyotga tatbiq etish maqsadida Davlat kadastrlari agentligi axborot bazalariga tegishli o‘zgartirishlar kiritish bo‘yicha dastlabki ishlar boshlanganligi;
mahallalar hududlarini aniq belgilash va kadastr ma’lumotlarini yangilash yuzasidan zarur chora-tadbirlar amalga oshirilayotgani ma’lum qilindi.

Deputat tomonidan taqdim etilgan javobdagi ma’lumotlar o‘rganilib, mazkur yo‘nalishdagi ishlarning o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi yuzasidan deputatlik nazorati davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi