35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Saylovchilar bilan uchrashuv va mahallada o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi, deputat O‘.Tojiyeva tomonidan o‘z saylov okrugi hududiga qarashli “Chodaklik” mahalla fuqarolar yig‘inida navbatdagi saylovchilar bilan uchrashuv hamda o‘rganish ishlari tashkil etildi.

Uchrashuv va o‘rganish jarayonlarida Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mutaxassislari X.Abdullayev va A.Adxamov ishtirok etib, deputatlik faoliyatini amalga oshirishda ko‘maklashdilar.

O‘rganish davomida mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati, aholi murojaatlari bilan ishlash tizimi, fuqarolarning muammolarini o‘z vaqtida aniqlash va hal etish borasida amalga oshirilayotgan ishlar, shuningdek hududni obodonlashtirish, infratuzilmani rivojlantirish hamda mahallaning ijtimoiy-iqtisodiy holatini yaxshilashga qaratilgan chora-tadbirlar bilan yaqindan tanishildi.

Shuningdek, “mahalla yettiligi” hamkorligida olib borilayotgan ishlar, ehtiyojmand oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini ta’minlash, yoshlar va xotin-qizlar bilan ishlash, fuqarolar murojaatlariga tezkor munosabat bildirish hamda hududdagi dolzarb masalalarni tizimli hal etish bo‘yicha mas’ullar bilan batafsil fikr almashildi.

Saylovchilar bilan ochiq muloqot davomida fuqarolar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar tinglanib, ularning qonuniy yechimlarini topish, tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish hamda deputatlik nazoratini samarali yo‘lga qo‘yish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 6