35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
DEPUTAT TOMONIDAN HUDUDDA O‘RGANISH ISHLARI OLIB BORILDI

Xalq deputatlari Qashqadaryo viloyati Kengashi deputati Shermat Shamsiyev tomonidan 34-Po‘lati saylov okrugi hududidagi Koson tumani "Bunyodkor" mahallasida "mahalla yettiligi" faoliyati hamda aholi bandligini ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida deputat tomonidan "mahalla yettiligi" faoliyatining samaradorligi, aholi murojaatlari bilan ishlash, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash, kambag‘allikni qisqartirish hamda bandlikni ta’minlash yo‘nalishlarida olib borilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullarga qator savollar berildi.

Bildirilgan savollarga mutasaddi tashkilotlar vakillari tomonidan asosli va batafsil javoblar taqdim etildi.

Shuningdek, hokim yordamchisining hududda aholi bandligini ta’minlash, yangi ish o‘rinlarini yaratish, tadbirkorlikni rivojlantirish va fuqarolarning daromad manbalarini oshirish bo‘yicha amalga oshirgan ishlari bilan yaqindan tanishildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularni qiziqtirgan masalalar yuzasidan zarur tushuntirishlar berildi. Tadbirkorlar tomonidan bildirilgan taklif va muammolar deputat tomonidan atroflicha o‘rganilib, ularni ijobiy hal etish maqsadida tegishli tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborilishi ta’kidlandi.

Mazkur o‘rganishlar deputatlik nazoratini kuchaytirish, hududlarda mavjud muammolarni joyiga chiqib o‘rganish hamda aholini qiynayotgan masalalarga amaliy yechim topishga xizmat qiladi.

Slide 1 of 6