35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN RASMIY XAT YUBORILDI

 DOIMIY KOMISSIYA TOMONIDAN RASMIY XAT YUBORILDI

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiyasi tomonidan deputatlik nazorati doirasida navbatdagi amaliy ishlar olib borildi.

“O‘zbekiston Respublikasining Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunning 19¹-moddasi 4-bandiga muvofiq, deputatlar tegishli hududdagi davlat organlari va tashkilotlari, mansabdor shaxslardan zarur ma’lumotlar, ekspert xulosalari hamda boshqa axborotlarni talab qilib olish vakolatiga ega.

Mazkur vakolatdan kelib chiqib, doimiy komissiya tomonidan tumandagi budjet mablag‘larining 1-yarim yillik davomida maqsadli sarflanishi va ularning samaradorligini o‘rganish maqsadida Pastdarg‘om tumani Moliya bo‘limiga ma'lumot so'ralgan rasmiy xat yuborildi.