35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
NAYMAN MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA HUDUD OBODONCHILIGI HOLATI O‘RGANILDI

#Deputatlik_nazorati #Kotibiyat_hududlarda #24_ta_tavsiyaviy_savol #haftalik_ish_reja_ijrosi

NAYMAN MAHALLASIDA BOLALAR MAYDONCHALARI VA HUDUD OBODONCHILIGI HOLATI O‘RGANILDI

🇺🇿 Nayman mahallasidagi bolalar maydonchalari, ariq va hudud obodonchiligi holati Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi raisi Jafar Ismanov hamda Kengash kotibiyati mudiri Anvar Usmanov tomonidan joyiga chiqqan holda o‘rganildi.

📁 Mazkur o‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-48-son qarori ijrosini ta’minlash hamda xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining 2026-yil 3-apreldagi III-27-29-14-202-K/26-son qarori bilan tasdiqlangan manzilli dastur ijrosi doirasida amalga oshirildi.

📊 O‘rganish davomida mahalla hududida o‘ndan ortiq bolalar maydonchalari mavjudligi, ularning holatini yaxshilash va bolalar uchun xavfsiz hamda qulay sharoitlar yaratish muhimligi qayd etildi. Xususan, 21-uy oldida joylashgan bolalar maydonchasi ko‘zdan kechirilib, hududdagi mavjud kamchiliklar o‘rganildi.

📝 Shuningdek, hududdagi ariq va obodonlashtirish ishlari holatiga ham e’tibor qaratildi. Qurib qolgan archa daraxtini olib tashlash va hududni tartibga keltirish yuzasidan hududga mas’ul BSK vakillariga tegishli topshiriq va ko'rsatmalar berildi.

🫥 Bolalar maydonchalarida olib borilayotgan ishlarni Kengash raisining shaxsan nazoratga olishi yosh avlod uchun munosib va xavfsiz muhit yaratishga bo‘lgan e’tiborning amaliy ifodasidir. Mazkur yo‘nalishdagi ishlar belgilangan manzilli dastur asosida izchil davom ettiriladi.

Slide 1 of 5