35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
MAHALLIY IJRO VA VAKILLIK ORGANLARI HAMKORLIGIDA AHOLI XONADONLARI HOLATI VA HUDUD OBODONCHILIGI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tumani Kengashiga 23-“Nomdanak” saylov okrugidan saylangan deputat, tuman hokimi Elmurod Po‘latov hamda tuman Kengashi raisi Faxritdin Dadamatov tomonidan tegishli mutasaddi
rahbarlar ishtirokida “Boyqozon” mahallasida aholi xonadonlari holati va hududdagi obodonlashtirish ishlari o‘rganildi.O‘rganish jarayonida mas’ullar mahalla hududida uyma-uy yurib, xonadonlar holati bilan yaqindan tanishdilar. Xususan,xonadonlar oldi, ichki ko‘chalar va hovlilarni obodonlashtirish, hududlarda ozodalikka rioya etish hamda yashil maydonlarni kengaytirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.Shuningdek, aholi bilan samimiy suhbatlar o‘tkazilib,ularning fikr-mulohazalari va takliflari tinglandi. Mahalla hududini yanada fayzli, obod va namunali maskanga aylantirish, obodonlashtirish ishlarini aholi ishtirokida izchil davom ettirish yuzasidan tegishli tavsiya va topshiriqlar berildi.Mazkur amaliy jarayon mahalliy ijro va vakillik organlarining o‘zaro hamkorligi, aholi bilan bevosita va ochiq muloqot olib borish, fuqarolar murojaatlarini joyida o‘rganish hamda mavjud masalalarni amaliy hal etishga qaratilgan ishlarning muhim yo‘nalishlaridan biridir.Bu kabi hamkorlikdagi ishlar tuman hokimligi va xalq deputatlari Kengashi o‘rtasidagi hamkorlikni yanada mustahkamlash, aholi manfaatlarini ta’minlash hamda hududlarni kompleks rivojlantirishga xizmat qilmoqda.
  

Slide 1 of 7