35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA

 SUV RESURSLARIDAN OQILONA FOYDALANISH MASALASI DEPUTAT NAZORATIDA

Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengashining navbatdagi sessiyasida ko‘rib chiqilishi rejalashtirilgan masalalar yuzasidan deputatlar tomonidan hududlarda amaliy o‘rganish ishlari izchil davom ettirilmoqda.

Sessiya kun tartibiga kiritilgan “O‘zbekiston–2030” strategiyasining suv resurslaridan oqilona foydalanish yo‘nalishi bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda tumanda suv tejovchi sug‘orish texnologiyalarini joriy etish holati to‘g‘risida”gi masala yuzasidan Xalq deputatlari Pastdarg‘om tumani Kengash deputati N. Dusmurodov tomonidan amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.

Deputat Mang‘itobod MFY hududida bo‘lib, ko‘chaboshi bilan uchrashdi hamda hududdagi suv ta’minoti, sug‘orish jarayonlari, suv resurslaridan samarali foydalanish holati va muammolar yuzasidan fikr almashdi.

Uchrashuvda fuqarolar murojaatlari tinglanib, suvdan oqilona foydalanish, suv isrofgarchiligi oldini olish chora-tadbirlar muhokama qilindi.

Slide 1 of 3