35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Qavola mahallasida fuqarolar murojaatlari tinglandi

Sayyor qabul davomida fuqarolar bilan ochiq muloqot qilinib, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilmani yaxshilash hamda aholini qiynab kelayotgan muammolar yuzasidan murojaatlar qabul qilindi.

Shuningdek, uchrashuv davomida fuqarolarga mamlakatimizda qabul qilinayotgan yangi qonunlar va normativ-huquqiy hujjatlarning mazmun-mohiyati, ularning amaliy ahamiyati hamda fuqarolarning huquq va manfaatlarini ta'minlashga qaratilgan islohotlar yuzasidan batafsil tushuntirishlar berildi.
Jumladan, fuqarolar tomonidan:
Qavola mahallasining asosiy ko‘chasiga zamonaviy yoritish chiroqlarini o‘rnatish;
yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash maqsadida zarur chora-tadbirlarni amalga oshirish;
elektr ta’minoti sifatini yaxshilash uchun mavjud transformatorlarning quvvatini oshirish;
hudud infratuzilmasini yanada takomillashtirish bilan bog‘liq boshqa masalalar ko‘tarildi.
Bildirilgan murojaatlar deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganildi hamda ularni hal etish yuzasidan tegishli mutasaddilar bilan hamkorlikda amaliy choralar ko‘rish masalalari muhokama qilindi.

Ta’kidlanganidek, qo‘shimcha o‘rganish va vakolatli tashkilotlarning aralashuvini talab etadigan masalalar yuzasidan deputatlik so‘rovlari yuboriladi hamda ularning ijrosi deputat nazoratiga olinadi.

Sayyor qabul davomida fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish, ularning qonuniy manfaatlarini ta’minlash va hududdagi dolzarb muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish yuzasidan ustuvor vazifalar belgilab olindi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 3