35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Deputat tadbirkorlar muammolarini o‘z joyida o‘rganmoqda

 Tashrif davomida deputat tadbirkorlar bilan uchrashib, ularning faoliyati davomida yuzaga kelayotgan muammolarni tingladi hamda ularni bartaraf etish yuzasidan zarur taklif va tavsiyalar berdi.

Shuningdek, o‘rganishlar jarayonida mahalla hududida faoliyat yuritayotgan qurilish mollari savdo do‘konlariga tashrif buyurilib, mahsulotlar narxlarining barqarorligi, sifati hamda iste’molchilar huquqlariga rioya etilishi jamoatchilik nazorati doirasida o‘rganildi.

Shu bilan birga, tadbirkorlar bilan O‘zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish bo‘yicha vakil to‘g‘risida”gi Qonunining mazmun-mohiyati yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

O‘rganishlar davomida aniqlangan muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovlari yuborilishi hamda masalalar ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 3