35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Mahallalar uyushmasi faoliyati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi deputati M.Mavlonqulov o‘ziga biriktirilgan tashkilot — shahar Mahallalar uyushmasi faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish davomida uyushmaning mahallalar bilan hamkorlikda olib borayotgan ishlari, fuqarolarning murojaatlari bilan ishlash tizimi, hududlardagi ijtimoiy masalalarni hal etish, obodonlashtirish va mahalla faolligini oshirish borasidagi faoliyati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, o‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlari to‘g‘risida”gi Qonuni ijrosi muhokama qilinib, mahalla institutining jamiyat hayotidagi o‘rni, fuqarolar manfaatlarini himoya qilishdagi ahamiyati hamda mahalla organlari vakolatlarini yanada samarali amalga oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Suhbat davomida mahalla faoliyati samaradorligini oshirish, fuqarolar bilan ochiq muloqotni kuchaytirish, ijtimoiy yordamga muhtoj oilalar bilan manzilli ishlash hamda hududlarni yanada obod qilish yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2