35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputatlik so‘rovi yuborildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi va deputati F.Mamajonov tomonidan fuqarolar murojaati asosida navbatdagi deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatning "Aziztepa" mahalla fuqarolar yig‘inida saylovchilar bilan o‘tkazgan uchrashuvi davomida Aziztepa ko‘chasi 56-uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Yuldasheva Marhabohon o‘z farzandini bepul jarrohlik amaliyotidan o‘tkazish bo‘yicha amaliy yordam so‘rab murojaat qildi.

Mazkur murojaat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonuni talablariga muvofiq, Qo‘qon shahar Tibbiyot birlashmasi boshlig‘i K.Sirojiddinov nomiga deputatlik so‘rovi yuborildi.

Deputatlik so‘rovida fuqaro Yuldasheva Marhabohonning farzandini bepul jarrohlik amaliyotidan o‘tkazish imkoniyatlarini ko‘rib chiqish, mazkur masala yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar hamda belgilangan tartibda qanday choralar ko‘rilishi haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.

Mazkur masala deputat nazoratiga olingan bo‘lib, uning ijrosi yuzasidan amalga oshirilayotgan ishlar va natijalar haqida jamoatchilikka qo‘shimcha ma’lumotlar berib boriladi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2