35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Kengash_faoliyati

🌿 Quduqsoy mahallasida obodonlashtirish va bunyodkorlik ishlari o‘rganildi

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi deputati G. Xolmatova "Quduqsoy" mahallasida bo‘lib, Prezidentimiz tomonidan belgilangan ustuvor vazifalar hamda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida amalga oshirilayotgan bunyodkorlik, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlari bilan tanishdi.

Tashrif davomida mahalladagi ko‘chalar va ichki yo‘llarni tartibga keltirish, ariq-zovurlarni tozalash, infratuzilma obyektlarini obodonlashtirish, sanitariya holatini yaxshilash hamda ko‘kalamzorlashtirish ishlari o‘rganildi. Shuningdek, yangi daraxt va gul ko‘chatlarini ekish, yashil hududlarni kengaytirish va ularni parvarishlash ishlari ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholi yashash hududlarida ozodalikni ta'minlash, chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqish va jamoat joylarini yanada obod holga keltirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Tashrif yakunida bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlarini sifatli hamda belgilangan muddatlarda yakunlash, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish yuzasidan mas'ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Bugungi kunda "Mahallada obodlik va mehr-saxovat oyligi" doirasida Bandixon tumanining barcha mahallalarida obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish va bunyodkorlik ishlari izchil davom ettirilmoqda. Bu sa'y-harakatlar mahallalar qiyofasini yanada obod va fayzli qilish, ekologik tozalikni mustahkamlash hamda aholi uchun qulay yashash muhitini yaratishga xizmat qilmoqda.

Slide 1 of 1