35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat va saylovchilar uchrashuvi

 🔰 “24 -Navruz ” saylov okrugidan saylangan xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi deputati Isroiljon Turdaliyev tomonidan O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashi deputatining maqomi to‘g‘risida”gi Qonunining 7-moddasiga muvofiq o‘zi saylangan saylov okrugida saylovchilarga joriy yil ikkinchi choragida amalga oshirgan faoliyati, o‘z saylovoldi dasturining bajarilishi yuzasidan axborot berdi. Uchrashuvda xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri Laziz Turanov va “Adolat” SDP tuman kengashi raisi Nuriddin Soliyev ishtirok etdilar. 

Uchrashuvda deputat Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan muhim ahamiyatli masalalar, qabul qilingan qarorlar, deputatlik so‘rovlari va ularning natijalari, saylovchilarning murojaatlari bilan ishlash holati, saylov okrugida yuzaga kelgan muammolarni bartaraf qilish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish ishlari va fuqarolar manfaatlarini ro‘yobga chiqarayotgan tashabbuslar xususida fikrlar bildirdi. 

▶️ Deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlari bilan ishlash va tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovi yuborish tartibi haqida saylovchilarga atroflicha tushuntirildi. Saylovchilar bildirgan murojaat va takliflar bo‘yicha mas’ul tashkilotlar hamkorligini yanada takomillashtirish kelishib olindi. 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1