35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha targ‘ibot uchrashuvi o‘tkazildi

Xalq deputatlari Andijon shahar Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi tashabbusi bilan Andijon Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumida targ‘ibot uchrashuvi tashkil etildi.

Uchrashuvda doimiy komissiya raisi Avazbek Appaqov tomonidan mahallalardagi xotin-qizlar faollarining faoliyatida korrupsiyaga yo‘l qo‘ymaslik, fuqarolarning murojaatlarini amaldagi tartiblar asosida o‘z vaqtida ko‘rib chiqish hamda xizmat faoliyatida halollik, ochiqlik va shaffoflik tamoyillariga qat'iy rioya etish yuzasidan tavsiyalar berildi.

Tadbir davomida ishtirokchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, korrupsiyaga qarshi murosasiz munosabatni shakllantirish, huquqiy ong va huquqiy madaniyatni yuksaltirish masalalari muhokama qilindi.

Bunday uchrashuvlar korrupsiyaning oldini olish, mas'uliyatni yanada oshirish hamda jamiyatda halollik muhitini mustahkamlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 1