35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Kengash_faoliyati

🌱 Bandixon tumanida tomorqadan samarali foydalanish – amaliyotda

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashiga 15-Gulbog‘ saylov okrugidan saylangan deputat Xalmatov Isoqul Amandavlatovich hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi B.Qurbonovlar tomonidan Gulbog‘ mahallasida uyma-uy yurish ishlari amalga oshirildi. O‘rganishlar davomida aholi murojaatlari tinglanib, xonadonlarda tomorqa yer maydonlaridan samarali foydalanish holati ham ko‘zdan kechirildi.

Jumladan, Bandixon tumani, “Gulbog‘” mahallasi, G‘aznachi ko‘chasida yashovchi fuqaro Bolliyev Abduqosim xonadonida tomorqa yeridan unumli foydalanish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda oila daromadini oshirish borasida olib borilayotgan ishlar o‘rganildi.

O‘rganish davomida xonadon egasi tomorqasining har bir qarich yeridan oqilona foydalanib, tarvuz, makkajo‘xori, poliz va turli sabzavot ekinlari yetishtirib, mo‘l hosil olayotgani e’tirof etildi. Tomorqadan samarali foydalanish orqali oilaning oziq-ovqat ta’minoti mustahkamlanib, qo‘shimcha daromad manbai yaratilgani alohida qayd etildi.

Mas’ullar va mahalla faollari tomonidan xonadonda amalga oshirilayotgan namunali tajriba ijobiy baholanib, bu kabi ilg‘or tajribalarni mahalladagi boshqa xonadonlarda ham keng ommalashtirish, tomorqalardan unumli foydalanish bo‘yicha fuqarolarga amaliy tavsiyalar berildi.

🌿 Har bir qarich yer – baraka va farovonlik manbai! Tomorqadan oqilona foydalanish orqali nafaqat oilaviy ehtiyojni qondirish, balki daromadni oshirish va oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash mumkin.

Slide 1 of 1