35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Kengash_faoliyati

Hududlar obodligi – xalq farovonligi yo'lida

Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi raisi E. Jurayev hamda kotibiyat mudiri A. Pardayev tomonidan Quduqsoy mahallasidagi Kanal usti ko‘chasining 3,5 kilometr qismida amalga oshirilgan asfalt yotqizish ishlari joyiga chiqib ko‘zdan kechirildi hamda bajarilgan ishlarning sifati nazorat qilindi.

O‘rganish jarayonida yo‘l qurilishida qo‘llanilgan materiallar sifati, asfalt qoplamasining texnik talablarga muvofiqligi, ishlarning belgilangan me'yor va standartlar asosida bajarilishi yuzasidan monitoring olib borildi. Mutasaddilar tomonidan qurilish ishlarining sifatli va uzoq muddat xizmat qilishi, aholiga qulay hamda xavfsiz sharoit yaratishi eng muhim ustuvor vazifa ekani alohida ta'kidlandi.

Bugungi kunda mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik ishlari, avvalo, inson manfaatlarini ta'minlash, fuqarolarning turmush sifatini yaxshilash va hududlarni har tomonlama rivojlantirishga xizmat qilmoqda. Yo‘l infratuzilmasini zamonaviy talablar asosida yangilash orqali transport qatnovi qulaylashadi, aholining kundalik hayoti yengillashadi hamda mahallalarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga yangi imkoniyatlar yaratiladi.

Har bir bunyodkorlik loyihasining sifati ustidan doimiy nazorat o‘rnatilishi esa ajratilayotgan mablag‘larning samarali sarflanishi, amalga oshirilayotgan ishlarning puxta va mustahkam bo‘lishini ta'minlaydi. Bu kabi nazorat tadbirlari kelgusida ham izchil davom ettirilib, aholi uchun qulay, xavfsiz va zamonaviy infratuzilmani shakllantirishga xizmat qiladi.

Obod mahalla – farovon hayot, sifatli yo‘llar esa taraqqiyot va rivojlanishning muhim omilidir.

Slide 1 of 1