35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Deputat o‘z saylovchilariga axborot berdi

  Ijtimoiy soha xodimlari, mahalla "yettiligi" a’zolari, aholi vakillari, ota-onalar, nuroniy-maslahatchilar ishtirok etgan uchrashuvda deputat tomonidan 2026-yilning ikkinchi choragidagi deputatlik faoliyati yuzasidan batafsil axborot berildi. 

📊 Kengash sessiyalarida ko‘rib chiqilgan dolzarb masalalar va qabul qilingan qarorlar, yuborilgan deputatlik so‘rovlari va ularning ijrosi, saylovchilardan kelib tushgan
murojaatlar bilan ishlash holati, saylov okrugidagi mavjud muammolarni bartaraf etish borasida amalga oshirilgan ishlar, hududni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, obodonlashtirish hamda fuqarolarning manfaatlarini ta’minlashga qaratilgan tashabbuslar haqida ma’lumot berildi.
 

Uchrashuvda mahalliy Kengashning vakolatlari, deputatlarning qonunchilikda belgilangan huquq va majburiyatlari, fuqarolar murojaatlarini ko‘rib chiqish, shu bilann birga, zarurat tug‘ilganda tegishli davlat organlariga deputatlik so‘rovi yuborish mexanizmi tushuntirildi. Saylovchilarning murojaat va takliflari tinglanib, ularning tegishliligi
bo‘yicha mas’ul tashkilot vakillariga yo‘naltirilishi kelishib olindi.
 

▶️ Deputat sa’y-harakati va nazorati bilan hudud ko‘chalaridagi elektr uzatish va ichimlik suvi tarmoqlari yangilandi. Davlat maktabgacha ta’lim tashkilotiga qo‘shimcha
bino qurish uchun harakatlar boshlandi.
 

  👇Bizni kuzatishda davom eting👇 

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchko‘prik tumani Kengashi  

Slide 1 of 1