35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
DEPUTAT SO‘ROVI YUBORILDI

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputati Mahmudova Donoxon Artikovna tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlar asosida elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputat so‘rovi yuborildi.

Deputat tomonidan o‘tkazilgan o‘rganishlar davomida 2-Charx Kamolon mahallasi Parvoz-27A uyda istiqomat qiluvchi fuqaro Xolxo‘jayev hamda 2-Charx Kamolon mahallasi Navbahor ko‘chasi, 72-uyda yashovchi fuqaro Alimuhammedov Fayzullo elektr ta’minoti bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat qildilar.

Fuqarolarning ma’lum qilishicha, mazkur masala yuzasidan elektr tarmoqlari korxonasi mas’ul xodimlariga bir necha bor murojaat qilingan bo‘lishiga qaramay, bugungi kunga qadar amaliy yechim topilmagan. Shuningdek, ayrim mas’ul xodimlarning murojaatlarga loqayd munosabatda bo‘layotgani hamda o‘z xizmat vazifalarini lozim darajada bajarmayotgani yuzasidan e’tirozlar bildirildi.

Shu munosabat bilan deputat so‘rovida mazkur holatni qonunchilik talablariga muvofiq atroflicha o‘rganish, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, elektr ta’minotidagi muammolarni bartaraf etish yuzasidan zarur choralarni ko‘rish hamda ko‘rilgan choralar natijalari bo‘yicha belgilangan muddatlarda asoslantirilgan javob taqdim etish so‘ralgan.

Slide 1 of 2