35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Чиқиндиларни ўз вақтида олиб чиқиш масаласи ўрганилди
янв.21
Доимий комиссия доирасида амалий ўрганиш ўтказилди
Davlat mablag‘laridan maqsadli va samarali foydalanish muhim ustuvor vazifa

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-sonli qarori bilan davlat mablag‘lari hisobidan band bo‘lmagan aholiga ajratilayotgan subsidiya, grant, nafaqa va boshqa ijtimoiy to‘lovlardan maqsadli hamda samarali foydalanishni ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar belgilangan.

Mazkur qaror davlat tomonidan ajratilayotgan mablag‘larning manzilli yetkazilishi, ularning belgilangan maqsadlar uchun sarflanishini ta’minlash, nazorat mexanizmlarini takomillashtirish hamda mablag‘lardan noqonuniy foydalanish holatlarining oldini olishga qaratilgan.

Qarorga muvofiq, subsidiya, grant, nafaqa va boshqa to‘lovlardan foydalanish ustidan doimiy monitoring olib boriladi, ajratilgan mablag‘larning maqsadli sarflanishi nazorat qilinadi hamda aniqlangan qonunbuzilish holatlari yuzasidan belgilangan tartibda choralar ko‘riladi.

Mazkur tartib davlat mablag‘laridan oqilona va shaffof foydalanishni ta’minlash, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash tizimi samaradorligini oshirish, band bo‘lmagan fuqarolarni qo‘llab-quvvatlash hamda byudjet mablag‘larining samaradorligini yanada kuchaytirishga xizmat qiladi.

Asos: O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 20-apreldagi 225-sonli qarori.