35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Deputat tashabbusi bilan yo‘l infratuzilmasini yaxshilash bo‘yicha taklif bildirildi

Xalq deputatlari Nurobod tumani Kengashi deputati B.Sanaev tomonidan 3–Jarquduq saylov okrugiga qarashli Jarquduq mahallasi Qo‘chqorliota qishlog‘ida joylashgan, CHINA Samarqand Cement zavodi tomonidan barpo etilayotgan karerga olib boruvchi avtomobil yo‘lida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida kuz-qish mavsumida yog‘ingarchiliklar natijasida ushbu yo‘l orqali katta hajmdagi sel suvlari oqib kelishi va yo‘l hududida suv to‘planib qolishi oqibatida transport harakati uchun noqulayliklar yuzaga kelishi mumkinligi qayd etildi.

Shu munosabat bilan deputat tashabbusi bilan yo‘lning sel suvlari o‘tadigan qismida diametri 1000 millimetr bo‘lgan suv o‘tkazuvchi quvur (truba) o‘rnatish taklifi ilgari surildi.

Mazkur taklif amalga oshirilishi natijasida sel suvlarining erkin oqib o‘tishi ta’minlanib, yo‘lning uzoq muddat xizmat qilishi, transport qatnovi xavfsizligini oshirish hamda kuz-qish mavsumida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan noqulay holatlarning oldini olishga xizmat qiladi.

Hududdagi infratuzilmani yaxshilash, aholi va tadbirkorlik subyektlari uchun qulay sharoitlar yaratishga qaratilgan deputatlik nazorati va amaliy tashabbuslar izchil davom ettirilmoqda.

Slide 1 of 4