35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

#XAFTALIK_ISH_REJA_IJROSI


✅Xalq deputatlari Sirdaryo viloyati Kengashi deputati
B. Sobirov hamda Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi deputati M. Salimova va Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi N. Nazarovalar tomonidan Nurobod mahallasidagi ichki ko‘cha yo‘llarining holati hamda ko‘chalarni tungi yoritish tizimi o‘rganildi.

✅O‘rganish davomida mahalla hududidagi ichki ko‘cha yo‘llari umumiy holati qoniqarli ekani, yo‘llarning ayrim qismlari “Ochiq budjet” loyihasi doirasida ta’mirlanganligi hamda fuqarolar uchun qulay harakatlanish sharoitlari yaratilganligi aniqlandi. Shu bilan birga, ayrim ko‘chalarda o‘rnatilgan tungi yoritish chiroqlarining ishlamayotgani, ayrim yoritish moslamalari kuyganligi sababli kechki va tungi vaqtlarda hududning yetarli darajada yoritilmayotgani qayd etildi.

✅Aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish, ishlamayotgan tungi yoritish chiroqlarini ta’mirlash yoki yangilariga almashtirish hamda ko‘cha yoritish tizimining uzluksiz ishlashini ta’minlash yuzasidan mas’ul tashkilotlarga tegishli taklif va tavsiyalar berildi. Mazkur masala deputatlik nazoratiga olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amalga oshiriladigan ishlarning ijrosi nazoratga olindi.

Slide 1 of 3