35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Mo‘liyoni Poyon mahallasida tinchlik va osoyishtalik masalalari o‘rganildi

Tashrif davomida deputat mahalla inspektori hamda mahalla yettiligi vakillari bilan uchrashib, hududdagi osoyishtalikni ta’minlash, jinoyatchilik va huquqbuzarliklarning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan profilaktik tadbirlar yuzasidan fikr almashdi.

O‘rganishlar davomida Mo‘liyoni Poyon mahallasida jinoyatchilik holati barqaror ekani, hudud tinch va osoyishta maskanlardan biri sifatida qayd etilgani ma’lum qilindi.

Suhbat jarayonida bugungi kunda dolzarb masalalardan biri bo‘lgan kiberjinoyatlarning oldini olish, fuqarolarning shaxsiy ma’lumotlari va mablag‘larini himoya qilish borasida aholining huquqiy savodxonligini oshirish masalalariga ham alohida e’tibor qaratildi.

Deputat B. Rahmonov kiberfiribgarlik holatlarining oldini olishda fuqarolarning hushyorligi muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidlab, aholini internet va telefon orqali amalga oshiriladigan firibgarlik holatlaridan ogoh bo‘lishga chaqirdi.

Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi deputatlari tomonidan hududlarda aholi osoyishtaligi, xavfsizligi va farovonligini ta’minlashga qaratilgan o‘rganishlar hamda amaliy ishlar izchil davom ettirilmoqda.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 4