35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Fuqaro murojaati ijobiy hal etildi

Jumladan, Bekho mahallasi Guliston ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqaro Diyor Teshayev deputatga murojaat qilib, temirdan turli ro‘zg‘or buyumlari ishlab chiqarish faoliyatini kengaytirish maqsadida imtiyozli kredit olishda amaliy ko‘mak so‘ragan edi.

Mazkur murojaat deputat tomonidan joyiga chiqib o‘rganilib, mahalla mas’ullari hamda mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tegishli choralar ko‘rildi. Natijada fuqaroning murojaati ijobiy hal etilib, unga o‘z faoliyatini rivojlantirish uchun imtiyozli kredit ajratilishiga erishildi.

Shuningdek, deputat tadbirkor bilan suhbat davomida tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, mavjud imtiyoz va imkoniyatlardan samarali foydalanish, faoliyatni yanada kengaytirish masalalari yuzasidan tavsiyalar berdi hamda sohaga oid amaldagi qonunchilikning mazmun-mohiyati haqida tushuntirishlar berdi.

Tashrif davomida mahalla faollari bilan ham uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi dolzarb muammolar, infratuzilmani yaxshilash, kommunal xizmatlar sifati va obodonlashtirish masalalari yuzasidan fikr almashildi. Bildirilgan murojaat va takliflar deputat tomonidan nazoratga olinib, ularni bosqichma-bosqich hal etish yuzasidan tegishli ishlar belgilandi.

Fuqarolar murojaatlariga amaliy yechim topish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va aholi bilan doimiy muloqot qilish deputatlik faoliyatining ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi.

️ Xalq deputatlari Samarqand shahar Kengashi

Slide 1 of 4