35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
88 yoshli mehnat faxriysi e’zozlandi

Shu munosabat bilan Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, «Nuroniy» jamg‘armasi Termiz shahar bo‘limi raisi, 23-“Pattakesar” saylov okrugi deputati T. Berdiyev hamda jamoatchilik faollari "Ma’rifat" mahallasida istiqomat qiluvchi 88 yoshli onaxon — Roziyeva Xaitgul Xamrayevna xonadoniga tashrif buyurishdi.

Tashrif davomida faxriyning holidan xabar olinib, ko‘p yillik samarali mehnati, jamiyat taraqqiyotiga qo‘shgan munosib hissasi e’tirof etildi. Marosimda unga 1 darajali "Mehnat faxriysi" ko‘krak nishoni tantanali ravishda topshirildi. Shuningdek, Surxondaryo viloyati hokimining esdalik sovg‘asi ham o‘z egasiga topshirildi.

Bunday e’tibor va ehtirom yurtimizda yoshi ulug‘ insonlarni qadrlash, ularning boy hayotiy tajribasi va mehnatini munosib e’tirof etishga qaratilgan ezgu an’analarning amaliy ifodasidir.

Slide 1 of 3