35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
1-sonli sport maktabini ta’mirlash masalasi muhokama qilindi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar 1-sonli sport maktabida o‘rganish va muhokama ishlari olib borildi.

Uchrashuv davomida sport maktabi rahbariyati bilan sport infratuzilmasining bugungi holati, o‘quv-mashg‘ulot jarayonini yanada samarali tashkil etish hamda sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlarni yaxshilash masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xususan, 1-sonli sport maktabi binosini ta’mirlash, mavjud infratuzilmani modernizatsiya qilish va mashg‘ulotlar uchun yanada qulay sharoitlar yaratish masalalari batafsil muhokama qilindi.

Muhokama yakunida sport maktabini ta’mirlash bo‘yicha mas’ul tashkilotlar bilan muzokaralar olib borish, zarur tashkiliy va amaliy choralarni belgilash hamda ushbu masalani tizimli ravishda hal etish yuzasidan kelishuvga erishildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2