35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
"Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar 1-sonli sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida sport maktabida o‘quv-mashg‘ulot jarayonining tashkil etilishi, sport inshootlarining holati, sport inventarlari bilan ta’minlanganlik darajasi hamda sportchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, yoshlarni sportga keng jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, mashg‘ulotlarning sifatli olib borilishi hamda murabbiylar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

O‘rganish jarayonida sport maktabida amaldagi qonunchilik talablariga rioya etilishi, mavjud infratuzilmadan samarali foydalanish, sportchilarning xavfsizligi va sog‘lig‘ini ta’minlash borasida olib borilayotgan ishlar ham tahlil qilindi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3