35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Mikroloyiha doirasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan Ganjiravon mahallasida amalga oshirilayotgan mikroloyiha ijrosi bilan yaqindan tanishildi.

O‘rganish davomida Ko‘ksaroy ko‘chasi 148-uyda faoliyat yuritayotgan tadbirkor Turdaliyev Akmaljon Akbarovich tomonidan tashkil etilgan tekstil mahsulotlari ishlab chiqarish loyihasi ko‘zdan kechirildi.

Mazkur loyiha doirasida zamonaviy ishlab chiqarish faoliyati yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, 30 ta yangi ish o‘rni yaratilgani alohida e’tirof etildi. Bu esa mahallada aholi bandligini ta’minlash, yangi daromad manbalarini yaratish hamda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida muhim natijalardan biri ekani ta’kidlandi.

Shuningdek, ishlab chiqarish jarayonlari, xodimlar uchun yaratilgan mehnat sharoitlari, mahsulot sifati hamda korxona faoliyatini yanada kengaytirish istiqbollari yuzasidan tadbirkor bilan muloqot o‘tkazildi.

Uchrashuv davomida tadbirkorlik subyektlarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash, ishlab chiqarish hajmini oshirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish hamda mikroloyihalarni samarali amalga oshirish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 2