35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
Sport sohasidagi qonun ijrosi yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi raisi O‘.Tojiyeva hamda Kengash kotibiyati mudiri A.Nosirov tomonidan O‘zbekiston Respublikasining "Jismoniy tarbiya va sport to‘g‘risida"gi Qonuni ijrosi yuzasidan Qo‘qon shahar 2-sonli sport maktabida o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida sport maktabida yoshlarni jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, sport infratuzilmasidan samarali foydalanish hamda mashg‘ulotlar uchun yaratilgan sharoitlar atroflicha ko‘zdan kechirildi.

Ma’lum qilinishicha, bugungi kunda sport maktabida 1 000 nafardan ortiq yoshlar sportning jamoaviy turlari bilan muntazam shug‘ullanib kelmoqda. Ularning sport mahoratini oshirish va iqtidorini rivojlantirish yo‘lida 27 nafar malakali sport murabbiyi faoliyat yuritmoqda.

Shuningdek, joriy yil davomida sport maktabi tarbiyalanuvchilari respublika va hududiy musobaqalarda faol ishtirok etib, 40 ga yaqin faxrli o‘rinlarni qo‘lga kiritgani alohida e’tirof etildi. Bu natijalar sport maktabida olib borilayotgan tizimli ishlar va murabbiylarning samarali mehnati mahsuli ekani qayd etildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 4