35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
Bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashining 20-"Tulaboy" saylov okrugidan saylangan deputati O‘.Maxmudov tomonidan Ganjiravon mahallasida joylashgan 7-oilaviy poliklinika filialida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 24-tavsiyasi ijrosi doirasida aholini bepul dori-darmonlar bilan ta’minlash holati yuzasidan o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish davomida tibbiyot muassasasida imtiyozli toifadagi fuqarolarni bepul dori vositalari bilan ta’minlash jarayoni, dori-darmonlarning mavjud zaxirasi, ularni tarqatish tartibi hamda retseptlar asosida berilish amaliyoti atroflicha tahlil qilindi.

Shuningdek, bemorlarning bepul dori vositalarini olishda duch kelayotgan muammolari, murojaatlarni ko‘rib chiqish tizimi hamda dori-darmonlar ta’minotining uzluksizligini ta’minlash yuzasidan mas’ullar bilan muhokamalar o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida fuqarolarga sifatli va o‘z vaqtida tibbiy xizmat ko‘rsatish, bepul dori vositalari bilan ta’minlash tizimining samaradorligini yanada oshirish hamda amaldagi qonunchilik talablariga qat’iy rioya etish masalalari yuzasidan fikr almashildi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3