35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат ўз сайлов округидаги муаммоларни ўрганди
янв.21
Сессия кун тартибига киритиладиган масала юзасидан дастлабки ўрганиш ўтказилди
янв.21
718-сон қарор ижроси: тиббий хизмат сифати ўрганилди
янв.21
Депутат сайловчилар билан очиқ мулоқот ўтказди
янв.21
Фуқаролар мурожаатлари тингланди
янв.21
#JARAYON
янв.21
Коммунал хизматлар сифати — депутатлик назоратида
янв.21
Давлат тили тўғрисидаги қонун ижроси ўрганилди
янв.21
Аҳолига сифатли тиббий хизмат кўрсатилиши — депутат назоратида
янв.21
Депутатлик назорати: ёшлар билан манзилли ишлаш тизими ўрганилди
#deputat_faoliyati

Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashiga 6-Mirzayon saylov okrugidan saylangan deputat G‘. Hamroyev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi R. Murodov hamkorligida Mirzayon mahallasida profilaktika inspektori faoliyati joyiga chiqib o‘rganildi.
🌏O‘rganish davomida hududdagi kriminogen vaziyat, huquqbuzarliklarning oldini olish, fuqarolar xavfsizligini ta’minlash hamda profilaktik tadbirlarning samaradorligi yuzasidan mas’ullar bilan atroflicha fikr almashildi.
🌏Muhokama jarayonida xotin-qizlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar sonining ortib borayotgani tashvish uyg‘otayotgani ta’kidlanib, bunday holatlarning oldini olish bo‘yicha manzilli profilaktik chora-tadbirlarni kuchaytirish, mahalla faollari va tegishli tashkilotlar hamkorligini yanada mustahkamlash zarurligi qayd etildi.
🌏Shuningdek, hududda jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida avtomobil davlat raqamlarini avtomatik aniqlovchi kuzatuv kameralarini o‘rnatishga ehtiyoj mavjudligi bildirildi. Mazkur masala yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli takliflar ishlab chiqish va amaliy choralar ko‘rish bo‘yicha tavsiyalar berildi.
🌏Deputatlik nazorati doirasida bu kabi o‘rganishlar hududdagi mavjud muammolarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni bartaraf etish hamda fuqarolarning xavfsiz va osoyishta hayotini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 5