Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Deputatlik so‘roviga javob yuzasidan

 Samarqand shahar “Rasadxona” MFY hududida mavjud 1 dona transformator punkti (TP) hozirgi kunda hudud ehtiyojlarini to‘liq qondira olmayotgani, shuningdek yangi korxona va tashkilotlar soni ortib borayotgani sababli elektr energiyasiga bo‘lgan talab oshib borayotgani yuzasidan murojaat atroflicha ko‘rib chiqildi.

 O‘rganishlar natijasida hududda elektr ta’minotini barqarorlashtirish, yuklama oshishining oldini olish hamda iste’molchilarga sifatli elektr energiyasi yetkazib berish maqsadida qo‘shimcha 2 dona 250 kV transformator punkti (TP) o‘rnatish zarurligi aniqlandi.

 Shuningdek, elektr uzatish tarmoqlarini mustahkamlash va yangi qurilmalarni ulash imkoniyatini yaratish maqsadida 3 dona beton ustun (tayanch) o‘rnatish belgilandi.

 Mazkur ishlarni amalga oshirish uchun zarur texnik jihozlar va materiallar ajratish bo‘yicha yuqori turuvchi tashkilotga belgilangan tartibda rasmiy so‘rov yuborilgan bo‘lib, hozirda ushbu masala ko‘rib chiqilmoqda.

 Materiallar ajratilgandan so‘ng hududda elektr ta’minotini yaxshilash ishlari tasdiqlangan reja asosida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

 Natijada hudud iste’molchilarining elektr energiyasi bilan ta’minlanish sifati yaxshilanib, uzilishlar kamaytiriladi hamda kelgusidagi yuklamalar uchun barqaror tizim yaratiladi.