Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Xalq deputatlari Oqoltin tuman Kengashi

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi deputati M.Ismoilxo‘jayeva hamda Kengash kotibiyati mudiri N.Turdiyevlar ishtirokida tumanning “Obod” MFY yettiligi bilan uchrashuv tashkil etildi. 

Uchrashuv davomida 2026-yil dasturiga kiritilgan mahalla infratuzilmasini yaxshilash borasida amalga oshirilishi rejalashtirilgan ishlar atroflicha muhokama qilinib, mavjud muammolar va ularning yechimlari yuzasidan tahliliy fikrlar bildirildi. Xususan, ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr va ichimlik suvi ta’minotini yaxshilash, hududni obodonlashtirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi. 

Shuningdek, uchrashuvda aholi tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar eshitilib, ularni ijobiy hal etish yuzasidan tegishli tashkilotlarga topshiriqlar berildi. Mutasaddi rahbarlarga belgilangan vazifalarning ijrosini o‘z vaqtida ta’minlash hamda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan doimiy axborot berib borish lozimligi ta’kidlandi. 

Xalq deputatlari Oqoltin tumani Kengashi kotibiyati.  

Slide 1 of 4