Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Fuqaro murojaati hal etildi

🇺🇿 Fuqarolar bilan ochiq va samimiy muloqot — bugungi kunda davlat boshqaruvida eng muhim tamoyillardan biri hisoblanadi. Bu borada yurtimiz rahbari Shavkat Mirziyoyev ta’kidlaganidek: “Xalq davlat idoralariga emas, davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”. Mazkur yondashuv amalda o‘z ifodasini topayotgani esa joylardagi real ishlar orqali yaqqol ko‘rinmoqda.

 💼 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining “Degrez” okrugi deputati Begjanov Ulug‘bek O‘tkurovich tomonidan o‘tkazilgan uchrashuv ham ana shunday samarali muloqotlardan biri bo‘ldi. Unda fuqarolar tomonidan ko‘tarilgan muammolar deputat nazoratiga olinib, mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda tezkor choralar ko‘rildi.

 ✅ Xususan, 7-aprel kuni bildirilgan murojaatlar qisqa muddatda o‘rganilib, 8-aprelga kelib to‘liq ijobiy hal etildi. Jumladan, Degrez mahallasi Uchtut ko‘chasi 7-uyda joylashgan ko‘p qavatli uyning yoritish tizimi to‘liq yangisiga almashtirildi. Bu esa aholining uzoq vaqtdan buyon yechimini kutayotgan muammosiga qisqa fursatda barham berilganini ko‘rsatadi.

 🔼 Bunday tezkor va aniq natijalar fuqarolarning deputatlarga bo‘lgan ishonchini yanada mustahkamlaydi, ularning faoliyatiga nisbatan ijobiy munosabatni shakllantiradi. Eng muhimi, bu jarayon xalq bilan hokimiyat o‘rtasidagi ishonchli ko‘prikni yanada mustahkamlab, ochiq va samarali muloqot muhitini yaratadi.

Slide 1 of 6