Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Narx-navo — xalq deputatlari nazoratida

O‘rganish jarayonida bozordagi savdo faoliyati, mahsulotlar sifati va ularning narxlari aholining xarid qobiliyatiga qay darajada mos kelayotgani alohida e’tiborga olindi. Shuningdek, ayrim holatlarda qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini plastik kartochkalar orqali sotish amaliyoti mavjudligi kuzatilib, bu esa ayrim noqulayliklarni keltirib chiqarishi mumkinligi qayd etildi.

Deputat tomonidan mas’ul tashkilot vakillariga qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini naqd pulda ham erkin savdoga chiqarish, aholiga qulay sharoit yaratish hamda sun’iy narx-navoning oshishiga yo‘l qo‘ymaslik bo‘yicha tizimli nazorat tadbirlarini kuchaytirish zarurligi yuzasidan takliflar bildirildi.

Shu bilan birga, bozorlarda narxlarning asossiz oshib ketishining oldini olish, vositachilikni qisqartirish va ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri yetkazib berish mexanizmlarini kengaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Mazkur nazorat tadbirlari aholining ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, oziq-ovqat xavfsizligini ta’minlash hamda ichki bozorda barqaror narx siyosatini yuritishga xizmat qiladi. 

Slide 1 of 3