Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
📌 AHOLI SALOMATLIGI VA SANITARIYA HOLATI DOIMIY NAZORATDA

rganch shahrida aholiga ko’rsatilayotgan ijtimoiy xizmatlar sifatini oshirish va sanitariya-gigiyena talablariga rioya etilishini ta’minlash — Xalq deputatlari shahar Kengashi doimiy komissiyasining diqqat markazida. 

Joriy yilning 7-aprel kuni Ijtimoiy soha, yoshlar siyosati, madaniyat va sport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 799-sonli qarori ijrosi, xususan, shahar hududidagi jamoat maskanlari va ijtimoiy muassasalarning sanitariya holati muhokama qilindi. 

 🔍 O'rganishlar natijasida davomida ba’zi muassasalarda kamchiliklar ko'zga tashlandi: 

· Ta’lim muassasalari: 2-sonli maktabning tashqi hojatxonasi kosmetik ta’mirga, 1 va 3-sonli maktablarning hojatxonalari esa qayta jihozlashga muhtoj. 

· Tibbiyot maskanlari: Shahar tibbiyot birlashmasi, 1-sonli oilaviy poliklinika hamda Viloyat ko‘p tarmoqli tibbiyot markazi hojatxonalarida joriy ta’mirlash va zamonaviy jihozlash ishlarini amalga oshirish lozimligi belgilandi. 

Umumiy ovqatlanish shoxobchalari: O'rganilgan 7 ta ob’ektda sanitariya me’yorlarini (SanQ va M 01-00-25) buzish holatlari aniqlanib, ularni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi. 

  Maqsadimiz bitta: Har bir fuqaro va shahrimiz mehmonlari uchun qulay, xavfsiz va sanitariya talablariga to‘liq javob beradigan sharoitlarni yaratish. Bu boradagi profilaktik tadbirlar va nazorat reydlari izchil davom ettiriladi. 

Slide 1 of 3