Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 1-apreldagi PQ-132-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashining 2026-yil 7-fevraldagi VII-19-9-11-168-K/26-son qarori ijrosini ta’minlash maqsadida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Mazkur o‘rganishlar doirasida deputat Sh.Madaminova Maorif mahalla fuqarolar yig‘inida faoliyat yuritayotgan bir qator tadbirkorlik subyektlari ish jarayoni bilan yaqindan tanishdi. Jumladan, “SEVENTEEN INVEST” MCHJda charm-poyabzal mahsulotlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yilgan bo‘lib, korxonada zamonaviy texnologiyalar asosida sifatli mahsulotlar tayyorlanayotgani alohida e’tiborga molik.

Shuningdek, “MUXTASAR MEXRINUR OMAD” MCHJ faoliyati ham o‘rganilib, bu yerda ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish jarayonlari samarali tashkil etilgani qayd etildi. Korxonalarda yangi ish o‘rinlari yaratish, aholi bandligini ta’minlash borasida izchil ishlar olib borilmoqda.

Eng e’tiborlisi, mahallada xonadonlarda istiqomat qilayotgan ayollarni ish bilan ta’minlash maqsadida kasanachilik yo‘lga qo‘yilgan. Tadbirkorlar tomonidan uy sharoitida ishlash imkoniyati yaratilgani natijasida ko‘plab xotin-qizlar o‘z daromad manbaiga ega bo‘lib, oilaviy farovonlikni oshirishga hissa qo‘shmoqda.

Bu kabi tashabbuslar nafaqat mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish, balki ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlashda ham muhim ahamiyat kasb etadi. O‘rganishlar yakunida mavjud imkoniyatlardan yanada samarali foydalanish, tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash va kasanachilikni kengaytirish bo‘yicha tegishli tavsiyalar berildi.

Slide 1 of 3