Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
📍 Hududdagi ko‘p qavatli uylar holati o‘rganildi

Xalq deputatlari Shovot tumani Kengashi deputati I.Masharipov tomonidan tegishli tashkilot rahbarlari ishtirokida Qirg‘oqbo‘y mahallasi hududdagi ko‘p qavatli uylarning holati atroflicha o‘rganildi.

🔍 O‘rganish davomida quyidagi holatlar aniqlandi:

• Ayrim uylarning podʼezdlari ta’mirtalab holatda ekani, devor va shiftlarda nosozliklar mavjudligi;

• Yerto‘lalarda namlik va sanitar holat talab darajasida emasligi;

• Atrof hududlarda tozalikka to‘liq rioya qilinmayotgani, chiqindilar o‘z vaqtida olib chiqilmasligi;

• Kechasi yoritish tizimida muammolar borligi, ayrim joylarda umuman yoritish yo‘qligi.

✅ Shu bilan birga, ijobiy jihatlar ham qayd etildi:

• Ayrim uylarda boshqaruv kompaniyalari tomonidan joriy ta’mirlash ishlari olib borilgan;

• Hududning ma’lum qismlarida tozalik ishlari yo‘lga qo‘yilgan;

• Aholiga qulaylik yaratish maqsadida ayrim infratuzilma ishlari amalga oshirilgan.

🛠 Masala yuzasidan mas’ullarga topshiriqlar berildi:

• Podʼezd va yerto‘lalarni ta’mirlash va sanitar holatini yaxshilash;

• Atrof hududlarda doimiy tozalikni ta’minlash;

• Yoritish tizimini to‘liq tiklash va nazoratni kuchaytirish;

• Boshqaruv kompaniyalari faoliyati samaradorligini oshirish.

📌 Mazkur masalalar yuzasidan ishlar nazoratga olindi va aniq muddatlar belgilab berildi.

👉 Hududda munosib yashash sharoitlarini yaratish barchamizning umumiy vazifamizdir.

Slide 1 of 5