Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Депутат маданият маркази ва кутубхона фаолияти билан танишди
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
13-Кўкча сайлов округида амалий ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Сессияси муҳокамасига соҳага оид долзарб масалаларни киритиш юзасидан фикр алмашилди.
янв.21
Депутат томонидан ҳудудда ўрганиш ишлари олиб борилди
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Депутат фаолияти: аҳоли манфаатлари доимий эътиборда
янв.21
Deputat faoliyati
янв.21
Ҳудудларда амалий ўрганиш ишлари давом этмоқда
янв.21
Халқ депутатлари туман Кенгаши депутати Р.Муратова ногиронлиги бор фуқаролар билан суҳбатлашди
Navoiy shahrida soliq tushumlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar davom etmoqda

Navoiy shahrida soliq tushumlari va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash borasida amaliy ishlar davom etmoqda

Joriy yilning 1-aprel kuni Xalq deputatlari Navoiy shahar Kengashi deputati Navro‘zov Erkin Ergashyevich hamda kotibiyat bosh mutaxassisi Toyirov Diyorbek Alisherovichlar tomonidan Navoiy shahridagi “Bunyodkor” mahallasida amaliy o‘rganish ishlari olib borildi.O‘rganish jarayonida mahallada faoliyat yuritayotgan soliq inspektori Xoshimov Jasur O‘tkir o‘g‘liga yuklatilgan vazifalarning bajarilish holati atroflicha tahlil qilindi.

Ma’lum qilinishicha, “Bunyodkor” mahallasi bo‘yicha joriy yil uchun soliq tushumlari prognozi 7 milliard 459 million so‘mni tashkil etadi. Mart oyining o‘zida qator ijobiy natijalarga erishildi. Jumladan, 5 ta faoliyati to‘xtab qolgan tadbirkorlik subyektlari qayta tiklandi, 41 ta korxonada 14 nafar ishchining faoliyati legallashtirildi.
Shuningdek, noqonuniy ravishda mehnat faoliyati yuritib kelayotgan 18 nafar fuqaro tadbirkor sifatida davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi hamda o‘zini o‘zi band qilish orqali rasmiy faoliyatga jalb etildi. Buning natijasida davlat byudjetiga qo‘shimcha 287 million so‘m mablag‘ kiritilishi ta’minlandi.

Mazkur ishlar aholi bandligini ta’minlash, yashirin iqtisodiyotni qisqartirish hamda mahalliy byudjet tushumlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 4